Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryolik uch ayol Samarqandda talonchilik sodir etdi
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 11 may kuni Toshko‘prik mahallasida yashovchi uy bekasi G.S. IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U o‘sha kuni soat 12.30larda 3 nafar noma'lum ayol uning uyiga kelib, ulardan 2 nafari uni ushlab turganligi, 1 nafari uyiga kirib, u yerdan 200 AQSh dollari, 280 ming so‘m puli, 3 turdagi matosi, 1 dona pichog‘i, 3 dona sochiqlari, 1 dona “Samsung” telefon apparati va quvvat manbaini olib voqea joyidan yashiringanliklarini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi S.J., Kitob tumanida yashovchi Z.X.va birga yashovchi singlisi Z.X. sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025