Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda M&C Saatchi PR agentligi vakillari ishtirokida bepul seminar o‘tkaziladi
British Airways, Qantas, Reebok, Google, EPSON, Alibaba, Disney, 20th Century Fox, Warner Bros, Miramax kabi biznes olamining yuzdan ortiq yirik brendlari uchun PR va marketing xizmatlarini ko‘rsatuvchi «M&C Saatchi» kompaniyasi vakillari shu yilning 14-16 may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida 16 may kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi hamkorligida «M&C Saatchi» kompaniyasi boshqaruvi a'zosi Anil Bedi va xalqaro biznes bo‘yicha direktori Sabrina Xeyneki ishtirokida maxsus seminar tashkil etiladi. Unda manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari, xususiy sektor vakillari ishtirok etadi.
Seminar davomida turizmni rivojlantirish, investitsiya oqimi hamda mamlakat imijini oshirishda erishilgan tajribalar, shuningdek, xususiy sektor vakillari uchun biznes yuritishda brendingning muhimligi, fikrlarni sodda ko‘rinishda yetkazish, ko‘pchilik ichida yaqqol ajralib turish yo‘llari kabi qator mavzularga to‘xtalib o‘tiladi.
Mavzuga oid
18:49 / 01.03.2023
Tibbiy ma’lumotnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
01:08 / 01.03.2023
1 sentabrdan 10–11-sinf o‘quvchilari qiziqishiga mos dasturlar asosida o‘qitiladi – davlat dasturi
23:02 / 28.02.2023
1 iyuldan mobil davlat xizmatlari ko‘paytiriladi, to‘lovlar miqdori kamaytiriladi – davlat dasturi
10:26 / 08.02.2023