O‘zbekiston | 12:22 / 15.05.2018
20140
1 daqiqa o‘qiladi
Prezident Indoneziya xalqiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Respublikasi prezidenti Joko Vidodoga va do‘st Indoneziya xalqiga Surabaya shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
TIV axborot xizmati xabarida aytilishicha, davlat rahbari o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlarga esa qisqa muddatda sog‘ayishlarini tiladi.
Avvalroq Indoneziyaning yirikligi bo‘yicha 2-raqamli shahri Surabayadagi katolik cherkovlarda portlashlar yuz bergani ma'lum qilingandi. Portlashlar oqibatida 11 kishi halok bo‘lib, 40 dan ko‘prog‘i jarohatlar olgan.