Jahon | 13:28 / 15.05.2018
11533
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 64 kishi halok bo‘lgan savdo markazini buzish boshlandi

Rossiyaning Kemerovo shahrida yonib ketgan «Zimnyaya vishnya» savdo markazi binosini buzish ishlari boshlandi. Bu haqda VSE42.Ru xabar bermoqda.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, nafaqat «Zimnyaya vishnya»ning asosiy binosi, balki uning yonida qurilayotgan inshootlar ham buzib tashlanadi.

Ta'kidlanishicha, buzish ishlari ixtisoslashtirilgan buzuvchi-ekskavator yordamida mexanizatsiyalangan usul bilan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 25 mart kuni Kemerovodagi «Zimnyaya vishnya» savdo markazida yirik yong‘in yuz berdi. Hodisa oqibatida 64 kishi halok bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid