O‘zbekistonni yaqin 2 yil ichida katta o‘zgarishlar kutmoqda – Aripov
O‘zbekistonni kelgusi ikki yil ichida «katta o‘zgarishlar» kutmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkentda nihoyasiga yetgan o‘zbek-nemis biznes forumida ma'lum qildi.
«Hukumat O‘zbekistonda ochiq iqtisodiyotni shakllantirishga qat'iylik bilan harakat qilmoqda. Ishonchim komilki, kelgusi ikki yil mobaynida mamlakatimizdagi katta o‘zgarishlarga guvoh bo‘lasiz», - deya ma'lum qildi Aripov.
Shu kunlarda O‘zbekistonga Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng ko‘p sonli delegatsiyasi tashrif buyurgan. Ular orasida Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank kompaniyalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznes vakillaridan iborat katta guruh bor. Bugun Toshkentda Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining 4-yig‘ilishi ham yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aripov O‘zbekiston - Germaniya savdo palatasini tashkil etish taklifi bilan chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
00:57 / 10.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida «Agroekspress» qatnovlari bo‘yicha shartnoma imzolandi
22:17 / 09.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temiryo‘l qatnovi to‘liq tiklangani e’lon qilindi
18:21 / 09.09.2024
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga ikki kunlik tashrif bilan keldi
19:49 / 17.08.2024