Jahon | 01:25 / 17.05.2018
23658
3 daqiqa o‘qiladi

2,4 mln bolaning hayotini saqlab qolgan “oltin qo‘lli” donor oxirgi marta qon topshirdi

Foto: The New York Times

Qoni 2,4 mln bolaning hayotini saqlab qolishga imkon bergan avstraliyalik Jyeyms Xarrison 11 may kuni oxirgi marta qon topshirdi.

“Bu men uchun qayg‘uli kundir. Uzoq davom etgan yo‘lning oxiri”, deb izoh bergan bunga 81 yoshli donorning o‘zi. U o‘z yurtida “oltin qo‘lli inson” deb ataladi. Xarrison 60 yil ichida 1173 marta donorlik jarayonidan o‘tgan. 

Biroq Avstraliya qonunchiligiga ko‘ra, 81 yosh qon donorligi uchun maksimal yosh hisoblanadi.  

Xarrison yoshligida og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazgan va uning hayoti 13 litr qon quyish bilan saqlab qolingan. Shundan keyin Xarrison donorlik qilishga qaror qilgan.

Gap shundaki, Xarrisonning qon plazmasi ona va homilaning qoni mos kelmasligi sababli yuzaga keluvchi immunologik qarama-qarshilik vaziyatida homilani himoyalay oladi. Rezus-manfiy qonga ega ayol rezus-musbat qonli bola bilan homilador bo‘lsa, uning organizmi bolaning eritrotsitlariga virus bakteriyalariga kabi ta'sir qilib, ularni yo‘q qilish uchun antitanalar ishlab chiqaradi. Bunday qarama-qarshilik oqibatida homila nobud bo‘lishi mumkin. Bu kasallik ko‘plab miqdorda bola tashlash, chaqaloqlarda bosh miya zararlanishi yoki anemiya keltirib chiqaradi.

1960-yillarda olimlar rezus-ixtilofda yordam beruvchi Anti-D’ni aniqlamagunlarigacha, Avstraliyada rezus-ixtilofdan minglab chaqaloqlar nobud bo‘lgan. Olimlar bu moddani onaga kiritib, bolaga xavf solayogan hujayralarni og‘riqsiz yo‘q qilish mumkinligini aniqlashgan. 

 “Avstraliyada ishlab chiqarilgan, Anti-Dning har bir kapsulasi Jyeymsning bir qismini o‘zida saqlaydi”, deb aytgan rezus-donorlik dasturi koordinatori Robin Barlou.

O‘shandan beri qariya deyarli har oy 500-800 ml qon plazmasi topshirib kelgan. Xarrison bu ishi uchun 1999 yilda Avstraliya ordeni medali bilan taqdirlangan, Ginness rekordlar kitobi uni dunyodagi eng faol donor deb topgan.

“Shifokorlar menga ruxat bersalar, men buni qilishni davom ettiraman”, deb aytgan donorning o‘zi.

Mavzuga oid