Amerikalik erkak 303 litr qon topshirib, 1920 kishining hayotini saqlab qoldi
AQShning Pueblo shahrida yashovchi Deyv Maxalik 34 yil ichida 303 litr qon topshirdi. Bu haqda Unilad sayti xabar berdi.
Qariya onasining do‘stiga qon quyish kerak bo‘lganda birinchi marta qon topshirgan. Shundan keyin u muntazam ravishda qon topshira boshlagan: u har ikki hafta uyidan 160 km olisdagi shifoxonaga o‘z qonini xayriya qilgani boradi.
34 yil ichida Maxalik 1920 kishining hayoti saqlab qolinishiga sababchi bo‘lgan. U 640-marta qon topshirganida unga faxriy donor nishoni berilgan.
Erkakning ta'kidlashicha, qon topshirish u uchun odatga aylangan va buni keksa yoshdaligiga qaramay davom ettirmoqda. Qariyaning aytishicha, 70-80 yoshda ham qon donori bo‘lish mumkin.
Maxalikning ta'kidlashicha, qon topshirib, odamlar hayotini bunday tarzda saqlab qolish xayriya bilan shug‘ullanishga imkoniyati yo‘qlar uchun yaxshi amaldir.