Jahon | 22:10 / 17.05.2018
13354
1 daqiqa o‘qiladi

ADL Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oladigan davlatlar bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin

Foto: RIA Novosti / Zaman Ramazanov

Arab davlatlari ligasi (ADL) bosh kotibi Ahmad Abul G‘aytning aytishicha, ADL Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olgan va o‘z elchixonalarini u yerga ko‘chirib o‘tkazgan Gvatemala va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin. 

“Biz kecha o‘z elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirgan Gvatemalaning harakatini qoralaymiz. Arab davlatlarining bu va bunday qadamga qaror qiladigan boshqa davlatlar bilan munosabatlari qayta ko‘rib chiqilishi kerak”, deb aytgan ADL bosh kotibi liganing Qohirada o‘tgan favqulodda yig‘ilishida.

Gvatemala AQShdan keyin elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirgan ikkinchi davlat bo‘ldi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid