Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Afrosiyob” tezyurar poyezdiga tosh otgan shaxs aniqlandi - IIV
Samarqand shahrida joriy yilning 15 may kuni noma'lum shaxs “Samarqand-Zarafshon” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida “Qarshi-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdining vagon oynasiga tosh otishi natijasida vagon oynasi darz ketgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi oynasiga Samarqand shahar Motrid mahallasi 37-sonli o‘rta maktabning 5-sinf o‘quvchisi M.B. tosh otganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, u va onasi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Afrosiyob” tezyurar poyezdiga yana tosh otishgani, IIV bayonot bilan chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025