Jamiyat | 13:34 / 17.05.2018
19588
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda poyezd yo‘lidan o‘tish qoidasining buzilishi haydovchi o‘limiga sabab bo‘ldi

Illyustrativ foto/112.ua

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 16 may kuni Xalqobod qishlog‘ida yashagan Sh.X. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasini Batosh qishlog‘idan o‘tuvchi “G‘uzor-Qamashi” temir yo‘lining qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotganida shu yerda harakatlanib kelayotgan elektrovozi bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida avtomashina haydovchisi Sh.X. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid