Al-Quds ishlari bo‘yicha vazir Falastin bilan nizo qanday shartda to‘xtashini aytdi

Foto: RIA Novosti/Ramil Sitdikov
Al-Quds ishlari bo‘yicha vazir Zeev Elkinning ma'lum qilishicha, Falastin bilan nizo, agarda arab tomoni Al-Qudsga da'vogarlik qilishdan voz kechsa, hal etilishi mumkin. Bu haqda u «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Al-Quds Isroilning poytaxti sifatida tan olinmasa, tinch yechim topish bo‘yicha hech qanday jarayon yuz bermaydi. Aynan elchixonani ko‘chirishdan voz kechish falastinliklarda shunday illyuziyani keltirib chiqarmoqdaki, bunda Isroilning Al-Qudsdagi poytaxtdan ehtimoliy bosh tortishi bo‘yicha tinch yechim topish varianti kun tartibiga chiqadi. Biroq, Isroil hukumati bunga bormaydi», — dedi Elkin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil tomoni Al-Qudsda Rossiya diplomatik missiyasi ochilishidan xursand bo‘ladi. Elkinning ta'kidlashicha, buning uchun mos joy bor – Eski shahar yonidagi qadimiy Rus karvonsaroyi.
Avvalroq, 10 mingga yaqin falastinlik Isroil bilan G‘azo sektorining ma'muriy chegarasi hududida to‘plangani xabar qilingandi. Ayrim namoyishchilar chegara to‘sig‘idan o‘tishga urindilar. Bundan tashqari, Al-Qudsda AQShning yangi elchixonasi ochilishi falastinliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi. G‘azo sektorining ma'muriy chegarasida sodir bo‘lgan tartibsizliklarda halok bo‘lganlarning soni 60dan oshib ketdi, 2400dan ortiq falastinliklar yaralandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni aparteidda ayblagandi.
Shuningdek, Tojikiston ham G‘azo sektori bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.
Mavzuga oid

22:18 / 07.04.2025
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi

21:42 / 07.04.2025
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi

10:47 / 07.04.2025
Prezident yana bir bor Ukraina, Yaqin Sharq va Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratdi

20:03 / 06.04.2025