INTeRVYu | 00:41 / 18.05.2018
16466
4 daqiqa o‘qiladi

Bokschi “Bu ring meniki, bu yerda men qirolman”, deyishi kerak. Bahodir Jalolov bilan videosuhbat

KUN.UZ’ning navbatdagi mehmoni o‘zbekistonlik bokschi, Osiyo chempioni Bahodir Jalolov bo‘ldi. Sportchi bilan bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatda uning shaxsiyatida ochilmagan qirralar ko‘zga tashlandi.

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish

Professional boksga ilk qadam

– To‘g‘risini aytsam, professional boksga kirib kelishimdan asosiy   maqsad – O‘zbekistonda o‘z vaznim bo‘yicha menga raqobatchining yo‘qligidir. Shuning uchun professional boksga o‘tishga majbur bo‘ldim. Bundan tashqari, Olimpiada o‘yinlarida hali oltin medalni qo‘lga kiritganim yo‘q. Shuning uchun, har tomonlama reja qilib, professional boksga o‘tishga qaror qilganman. Shartnomamda ham Olimpiada o‘yinlariga, Osiyo va Jahon chempionatlarida ishtirok etish bandi ham kiritilgan. 

Yana bir jihati bor-ki, yuqorida aytganimdek, O‘zbekistonda vaznim bo‘yicha raqibim topilmagani uchun o‘sishdan qoldim. O‘z ustimda ishlash maqsadida AQShga borib, munosib jangchilar bilan birga ringga ko‘tarildim. Hozir Mayamida mashg‘ulotlar o‘tkazyapman. Vazni og‘ir bo‘lgan ko‘p mashhur bokschilar o‘sha yerda mashg‘ulot o‘tkazishgan. U yerda hozir ham shunday qilishadi. Shuning uchun ular bilan sparringlarga tushib, mashg‘ulot olib boryapman. 

Promouterlar masalasi

- Alhamdulillah, bizga ham ko‘p joylardan takliflar bo‘ldi. Mana shu takliflarni o‘rganib chiqib, Dionte Uaylder degan mashhur bokschining promouteri bo‘lgan Dibala degan mashhur shaxs va “Fayt” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzdim. Hozir ikkalasida ham ishlayapman. Hammasi yaxshi, janglarni o‘z vaqtida o‘tkazib berishimga yordam qilishadi, sharoitlar qilib berishgan. Hozirgi maqsadim ko‘proq jang o‘tkazib, bokschi sifatida reytingimni oshirish. Meni hozir pul qiziqtirmaydi.

O‘zbekistonda shu paytgacha Olimpiadada og‘ir vaznli bokschi chiqmagan. Men kelajakda o‘z vaznim toifasida Olimpiadada yurtim bayrog‘i ostida ringga ko‘tarilishdir. Jumladan, Jahon chempionatlarida ham.

Maqsadlari

- To‘g‘risini aytsam, men haliyam professional boksda xomman. Har bir bokschining 10 foiz kuchi bo‘ladi. Menda 10 foiz emas, hatto 5 foiz ham kuch yo‘q. Shuning uchun bu borada o‘z ustimda mehnat qilyapman. Maqsadim bir-ikki yil reyting uchun jang qilish. Navbatdagi jangimni 9 ta jangini 9 ta nokaut bilan yakunlagan bokschi bilan o‘tkazaman. Bu ham yuqori reyting beradi. Lekin hozircha kamar uchun urushish niyatim yo‘q. Bunga Olimpiadadan so‘ng qo‘l urmoqchiman. 

Ikkinchi jangim joriy yilning iyul oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, ammo hali raqib ma'lum emas. Har bir bokschi o‘zini psixologik tayyorlashni bilish kerak. 

To‘g‘risini aytsam, bir-ikki yil oldin o‘zimni bunday tayyorlay olmasdim. Ringga chiqqach: “Bu ringda men qirolman”, degan ichki tuyg‘u o‘tishi kerak. Dunyoning qaysi bir joyida bo‘lmasin men o‘z uyimda, O‘zbekistonda chiqayapman, degan tasavvur bo‘lishi lozim ekan.

Mavzuga oid