Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qariyb 5 kilogramm marixuana topildi
2018 yil 14 may kuni “Qoradori-2018” tadbiri davomida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi (ayol) G.A. uyi oldida 518,32 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini 5 mln so‘mga sotayotganida ushlangan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, uning uyi omborxonasidan 4 kg 970,68 gr “marixuana” giyohvandlik moddasi topilgan hamda tomorqasida “nasha” va “ko‘knor” giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirayotganligi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda 25 kilogramm “ko‘knor” giyohvandlik moddasi topilgandi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025