Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markazidagi “Jasorat” maydoni ma'lum muddatga yopiladi
Toshkent shahridagi “Jasorat” maydoni o‘tgan asrning 60-yillarida bunyod etilgan bo‘lib, o‘sha paytda shaharda keng miqyosda amalga oshirilgan binokorlik va shaharsozlik tadbirlari bilan bog‘liq.
Yaqin kunlarda ushbu maydon shaharsozlikning zamonaviy talablari asosida tubdan yangilanadi. Bu yerda aholining ko‘ngildagidek hordiq chiqarishi uchun keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshiriladi.
Shu bois bugundan e'tiboran maydon atrofi o‘ralib, bunyodkorlik va obodonlashtirish tadbirlari boshlandi. Maydon atrofidagi piyodalar yo‘lidagi harakat ma'lum muddat aholiga xizmat qilmaydi.
Qayd etilishicha, bu noqulaylik uchun Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisidan uzr so‘raydi. Ma'lumki, mustaqillik yillarida shahardagi diqqatga sazovor hududlarining qiyofasini yangilash va yaxshilash ishlari jadal olib borilmoqda. “Jasorat” monumenti maydoni qanday ko‘rinishda qayta ishga tushishi esa uni o‘rab turgan bannerda tasvirlanadi.




Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025