Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an suiqasdga oid xabarlar uning Yevropaga tashrifiga ta'sir qilmasligini ta'kidladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uning joniga qasd qilishga tayyorgarlik ketayotganidan xabar topgani va bu uning Bosniya hamda Gertsegovinaga tashrifiga ta'sir ko‘rsatmasligini aytdi. Hurriyet nashri shu haqida xabar berdi.
Bundan avval TRT telekanali xavfsizlik yo‘nalishida xizmat qiluvchi manbalarga asoslanib, Turkiya va Bolqon razvedka xizmatlari Bolqondagi bir guruh turkiyaliklarning Erdo‘g‘anga hujum uyushtirmoqchi ekanligiga oid xabarlar bo‘yicha ish olib borishayotgani haqida xabar berilgan edi.
"Bu xabar bizning Milliy razvedka tashkilotimiz orqali menga yetib keldi. Aynan shuning uchun ham shu yerdaman. Nima uchun? Chunki bu kabi tahdidlar bizni yo‘ldan qoldira olmaydi. Biz o‘z yo‘limizni tanladik va uni davom ettiramiz. Bu yerga minglab odamlar o‘z yetakchisi bilan uchrashib, muloqot qilishga kelsa-yu, buning uddasidan chiqa olmasa, to‘g‘ri bo‘ladimi? Yo‘q, bunaqasi ketmaydi", - dedi prezident Bosniya va Gertsegovinadagi matbuot anjumanida.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
23:08 / 06.05.2025