Jahon | 09:07 / 21.05.2018
7155
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning advokati «Rossiya ishi» bo‘yicha surishtiruv qachon tugashini ma'lum qildi

Foto: Tasos Katopodis/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Trampning advokati Rudolf Juliani so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar maxsus prokurori Robert Myuller «Rossiya ishi» bo‘yicha surishtiruvni joriy yilning 1 sentabrida yakunlaydi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Julianining so‘zlariga ko‘ra, Myuller jamoasi bu ma'lumotni Tramp himoyachilari bilan ikki hafta muqaddam, Trampning o‘zini so‘roq qilish ehtimoli bo‘yicha muzokaralar davomida bo‘lishishgan.

Prezident advokatining ta'kidlashicha, surishtiruvlar cho‘zilib ketishi AQSh kongressiga noyabrda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. U buni FQB sobiq rahbari Jyeyms Komi 2016 yilgi prezidentlik poygasi yakunidan biroz avval Hillari Klintonga nisbatan surishtiruv davom etishini ma'lum qilgani bilan bog‘liq voqeaga tenglashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FQB Tramp shtabida yashirin xabarchiga ega bo‘lgani xabar berilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid