Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRdagi poligonning yopilishiga janubiy koreyalik jurnalistlar qo‘yilmadilar
Shimoliy Koreyadagi poligonning yopilishiga uchib ketayotgan jurnalistlar samolyot bortida janubiy koreyalik hamkasblarini ko‘rishmagan.
Dastavval Shimoliy Koreyadagi Pxungeri yadroviy poligonining yopilishini 5 ta davlat: Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiya jurnalistlari yoritishlari ko‘zda tutilgan. Biroq Shimoliy Koreya 22 may kuni poligonning demontaj qilinishiga borishi kerak bo‘lgan janubiy koreyalik jurnalistlar ro‘yxatini uchinchi marta qabul qilishdan bosh tortgan.
“Biz oxirgi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tdik. O‘ylashimcha, ular ro‘yxatdan o‘ta olmaganlar”, deb aytgan Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi vakili. “Men ularni ko‘rmayapman. Ko‘rinishicha, ular Pekinda qolganlar”, deb aytgan boshqa muxbir.
Poligonning yopilishiga jurnalistlarni olib ketgan samolyot yagona reys bo‘lgan. Umumiy hisobda samolyotda 20 ga yaqin jurnalist bo‘lgan.
Shimoliy Koreya yadroviy poligonni 23-25 may kunlari yopishni rejalashtirgan. Poligonga kirish va uning atrofidagi barcha obektlarni to‘liq yo‘q qilish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025