Jamiyat | 11:48 / 23.05.2018
5053
3 daqiqa o‘qiladi

Agrotexnika tadbirlari endi GPS navigatsiya orqali nazorat qilinadi

Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Inson va qonun” nashri xabar bermoqda.

Mazkur qarorda 2018 yilda tumanlar kesimida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishning qo‘shimcha hajmlari parametrlari, shuningdek, ularni moliyalashtirish va yetkazib berishning grafiklari, buyurtmalar portfelini shakllantirish va shartnomalar tuzish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashgan xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etish sxemalari tasdiqlandi. 

Qarorga ko‘ra — 2018 yil 1 noyabrdan boshlab:

yetkazib beriladigan o‘zi yurar qishloq xo‘jaligi texnikasi amalga oshirilayotgan agrotexnika tadbirlarini real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan navigatsiya va monitoring (GPS navigatsiya) tizimi bilan jihozlanishini ta'minlanadi.

2020 yil 1 yanvargacha esa:

“O‘zagroservis” AJ mashina-traktor parklarining barcha o‘zi yurar qishloq xo‘jaligi texnikasi navigatsiya va monitoring (GPS navigatsiya) tizimi hamda hisobga olishning boshqa texnik vositalari bilan jihozlanadi.

Shuningdek, trener-instruktorlarni, qishloq xo‘jaligi texnikasi operatorlarini, shuningdek, ularni ta'mirlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘z poligoniga ega bo‘lgan model o‘quv markazini tashkil etish;

kasb-hunar kollejlarida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;

operatorlarni yangi turdagi qishloq xo‘jaligi texnikasida ishlash uchun qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish va ularga servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislar uchun hududiy kurslar tashkil etilishi yuzasidan mas'ul mutasaddilar tomonidan hukumatga takliflar kiritilishi belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid