Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Almazbek Atamboyev korrupsiyada ayblanmoqda
Qirg‘izistonlik faollar sobiq prezident Almazbek Atamboyevni korrupsiyada va mamlakat qarzining ikki barobar ko‘payishida ayblashmoqda. Ularning fikricha, bosh prokuratura Atamboyevga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishi lozim. Bu haqda matbuot anjumanda faollardan biri Taalaybek Jumadilov aytib o‘tdi.
Uning aytishicha, bosh prokuratura “Korrupsiya” moddasi bo‘yicha Atamboyevga nisbatan ish qo‘zg‘ashga to‘liq huquqqa ega.
“U hokimiyat tepasida bo‘lgan vaqtda tashqi qarz ikki barobarga oshgan. Biz davlatimizni boy bermoqdamiz. Agar choralar ko‘rilmasa, unda istiqbolda davlatchiligimizni yo‘qotamiz”, deb aytgan Jumadilov.
Matbuot anjumanning yana bir ishtirokchisi Abdumalik Mirzayevning aytishicha, “Qirg‘izistonda eng korrupsiyalashgan davlat qurilgan. Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Sooronbay Jeenbekov aytilgan faktlarga e'tibor qaratib, tegishli choralar ko‘rishi lozim”.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025