Botir Parpiyev yana bir lavozimni tark etdi
19 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat soliq qo‘mitasi sobiq rahbari Botir Parpiyev assotsiatsiya rahbarligidan ham ozod etilgan.
Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberdiyev taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi rahbarligi uchun shu kungacha O‘zbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi prezidenti lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Laziz Saydivaliyevich Hasanov nomzodini ko‘rsatdi. Bahs-munozaralardan so‘ng L.Hasanov nomzodi qo‘llab-quvvatlangan va u O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylangan.
Yangi rahbar oldiga ma'lum talab va vazifalar qo‘yilgan. Jumladan, Laziz Hasanov qisqa vaqt ichida terma jamoalarga iqtidorli sportchilar yetkazib berish tizimini qayta ko‘rib chiqishi, murabbiylar malakasini oshirishga e'tiborni kuchaytirishi, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalarda o‘zbekistonlik taekvondochilarning muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun zarur choralar ko‘rishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Botir Parpiyev assotsiatsiyaga 2008 yildan beri rahbarlik qilib kelayotgandi.
Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev ishdan olingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:07 / 08.08.2024
Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga chiqdi
08:05 / 21.06.2024
O‘zbekiston taekvondo milliy jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi
00:13 / 03.09.2023
Ulug‘bek Rashidov - ketma-ket ikki bor Gran-Pri turnirida g‘olib bo‘lgan ilk o‘zbek taekvondochisi
11:23 / 21.01.2023