Jahon | 18:16 / 23.05.2018
12100
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Skripallarni majburan ushlab turibdi – Rossiya

Foto: Global Look Press

Rossiya tashqi siyosat idorasi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning fikricha, Solsberida zaharlanish tufayli jabrlangan Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Britaniya rasmiylari tomonidan majburan ushlab turilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z fuqarolari bilan ikki oy davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga kira olmayapti hamda ularning ahvoli haqida ma'lumotga ega emas. shu bilan birga, Skripallar aloqalardan «o‘zlarini tiyib turgani» aytiladi.

«Rossiyalik fuqarolar Buyuk Britaniyada aloqalardan chetlashtirilgan holda ushlab turilibdi, ehtimol, kuch yo‘li bilan. Ular noma'lum joyda va noma'lum holatda saqlanmoqda», - deya ma'lum qildi Zaxarova.

Shuningdek, uning bildirishicha, jabrlanuvchilarga OAV bilan aloqaga kirishga imkon berishmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skotland-Yard Skripallar ishi bo‘yicha surishtiruv haqida ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid