Yevropa investitsiya banki Jizzaxdagi yangi avtomobil zavodi qurilishiga sarmoya ajratdi
Yevropa investitsiya banki (YeIB) «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida qurilishi davom etayotgan Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive zavodiga 60 million yevro sarmoya kiritishni ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Axborot xizmatining xabar qilishicha, 20-22 may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurgan Vazil Xudak boshchiligida YeIB delegatsiyasi va «O‘zavtosanoat» vakillari o‘rtasida, O‘zbekistondagi avtosanoat sohasini rivojlantirish uchun, PSA Peugeot Citroën bilan amalga oshirilayotgan loyiha sarmoyalashtirilishi bo‘yicha kelishuv imzolangan.

Ma’lum qilinishicha, YeIB umumiy investitsiyasi qariyb 130 mln. yevroga teng deb qayd etilgan loyihaga 60 million yevro sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Qurilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma korxonada yiliga 16 000 ta avtomobil ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid

17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi

12:04 / 28.03.2025
Jizzaxda 4 baliqchi hayvonot dunyosiga qariyb 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazdi

09:08 / 26.03.2025
Namangan va Jizzaxda yirik asalarichilik markazlari tashkil etiladi

00:17 / 13.03.2025