Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya bosh vaziri Isroilga tashrifini bekor qildi

Foto: Reuters
Fransiya bosh vaziri Eduar Filipp Isroilga may oyi oxiri – iyun oyi boshlariga rejalashtirilgan tashrifini bekor etish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Le Figaro yozmoqda.
Hukumatdagi manbalarning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat bosh vazirining rejalari o‘zgarishi «ichki kun tartibi» bilan bog‘liq. Kantselyariyadagilar qaror AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin ekanini tasdiqlashmagan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tashrif yaqin vaqt ichida bo‘lmaydi, biroq u baribir amalga oshadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil falastinliklarga Ramazonda Al-Qudsga kirishni taqiqlagandi.
Mavzuga oid

13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi

14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi

11:33 / 27.05.2025