Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Damas» uchun shartnoma olib berishni va'da qilib, 1200 dollar va 51,5 mln so‘m olgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati Shovot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J. fuqaro X.ning o‘g‘li nomiga “GM Uzbekistan” avtosalonlarida ishlovchi tanishlari orqali “Damas” rusumli avtomashina xarid qilish uchun shartnoma olib berish hamda avtomashinani olish navbatini tezlashtirish evaziga 1.200 AQSh dollari, shuningdek 51,5 mln. so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda avtomashina uchun «shapka» olmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
19:54 / 23.05.2025