Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyat IIB rahbari joylarda sayyor qabul o‘tkazdi
Bugun, 25 may kuni jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini ommaviy qabul qilish maqsadida, Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Dilshod Tursunbayev bir nechta tumanda bo‘ldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.
Xususan, viloyatning Koson tumanida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonasi mudiri, viloyat IIBning barcha soha xizmat boshliqlari, viloyat hokimligining mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.
Viloyatning Koson tumani, Qorabayir qishlog‘ida yashovchi fuqaro Gulnoza Egamnazarova nogiron qizi Fotima Egamnazarovaga nogironlik aravachasi so‘rab qilgan murojaati qanoatlantirildi. Bundan tashqari, Sanaqul Mustafayevga tegishli molxona Koson tuman fuqarolik sudi qaroriga ko‘ra buzilishi kerak edi. Ammo O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5421-sonli qarori nizomlaridan kelib chiqib, molxona buzilmaydigan bo‘ldi.
IIB rahbari viloyatning Qamashi tumanida ham bo‘ldi. Bu yerda ham qator masalalar ijobiy yechimini topdi. Fuqarolardan birining murojaatiga ko‘ra, unga go‘zallik saloni ishlatishi uchun joy ajratib berildi. Bir xonadonda to‘rt xo‘jalik istiqomat qiluvchi oilaga to‘rt sotix yer va namunali uylarga navbatsiz to‘lov qilish imkoniyati taqdim etildi. 20 yildan buyon kadastr hujjatini qilolmagan fuqaroga ham yordam berildi. Shu kuni yana ko‘plab murojaatlar tinglandi, tavsiyalar berildi, o‘z joyida amaliy hal etildi.
Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:04 / 06.11.2024