Sport | 05:10 / 27.05.2018
23536
2 daqiqa o‘qiladi

Klopp Karius xatolari haqida: U hammasini tushunib turibdi, men unga achinaman

Foto: Twitter/ChampionsLeague

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real Madrid"ga qarshi kechgan Chempionlar Ligasi finalidagi mag‘lubiyat (3:1) haqida fikr bildirdi. 

"Bizning o‘yin rejamiz shunchaki uchrashuvda g‘olib bo‘lish edi, boshqa variantlar yo‘q. Biz yaxshi boshladik, rejaga ko‘ra o‘ynayotgan edik. 

Ramos va Saloh o‘rtasidagi to‘qnashuv dahshatli ko‘rindi. Biz pozitiv turtkini yo‘qotdik, bu jamoa uchun shok holat bo‘ldi. Biz ortga chekindik va Luka Modrich hamda Toni Kroosgacha yetib bora olmadik. Biz ko‘p mehnat qilish va yugurishga majbur bo‘ldik, biz buni qila boshladik, tanaffus vaqti keldi. Gollarmi? Biz bitta gol urdik, ular uchta. 

Salohning jarohati haqida gapiradigan bo‘lsam, bu juda jiddiy, uning yelkasi shikastlangan. U o‘yinni davom ettirish mumkin edi, uni hali ko‘rganim yo‘q. Bu rentgen uchun shifoxonaga ketdi. 

Darvozabonning xatolariga kelsak, Loris hammasini tushunib turibdi, barcha hammasini tushunib turibdi. Bular aynan shu o‘yinda, shunday mavsumda bo‘lgani afsuslanarli hol – men unga achinaman", – dedi Klopp. 

Mavzuga oid