Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad Saloh muxlislarga murojaat qildi
Misr terma jamoasi futbolchisi, «Liverpul» klubi a'zosi Muhammad Saloh o‘z tvitterida ma'lum qildiki, u Rossiyadagi jahon chempionatiga boradi.
«Bu juda og‘ir oqshom bo‘ldi, ammo men jangchiman. Qiyinchiliklarga qaramasdan, men Rossiyada bo‘laman, siz men bilan faxrlanishingiz mumkin. Sizning sevgingiz va qo‘llab-quvvatlovlaringiz menga kuch bag‘ishlaydi, bu men uchun juda kerak», deya yozgan Saloh.
25 yoshli ushbu futbolchi Chempionlar ligasi finalida «Real»ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida jarohat olib, maydonni tark etgandi.
Oxirgi xabarlarda uning tiklanishi uchun 2 oy vaqt ketishi, u jahon chempionatiga bora olmasligi haqida aytilgandi.
Ma'lumot uchun, Misr terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida Rossiya, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga raqib bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
14:29 / 11.04.2025
«Liverpul» Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdi
17:00 / 26.09.2024
Chempionlik kurashiga ta’sir qiluvchi jarohat - Rodrisiz «Siti»ning titul poygasidagi imkoniyatlari qanday?
09:43 / 28.04.2024