Nacho 12 yoshidan buyon diabet bilan to‘p surmoqda. «Real»ning yashirin qahramoni
«Liverpul»ga qarshi YeChL finalining birinchi bo‘limida Nacho jarohat olgan Dani Karvaxalning o‘rniga maydonga tushdi.
Har kuni ovqatlanish chog‘ida Nacho yangi shpritsini chiqarib, badaniga insulin jo‘natadi. Uning sumkasida qand ko‘rsatkichini o‘lchagich, smartfoni qaydnomasida esa doimo yaxshisi tanovvul qilmagan ma'qul bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati turadi — doimo taomlanish maskanlarida tekshirib, solishtirib turish uchun.
Nacho bunday qoidalarga 12 yoshidan buyon amal qiladi.
O‘shanda u bir turnirga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. «Men doim yozilish uchun chopardim, litrlab suv ichardim, – deya eslaydi bungacha internatda ikki yil yashab, umuman kasal bo‘lmagan Nacho. – Oyim juda tashvishlanardi, chunki bizni besh kunlik turnir kutib turgandi. U kasalxonaga qo‘ng‘iroq qildi va biz ko‘rikdan o‘tdik». Bir necha testlar bolakayning qonida qand miqdori haddan ziyod ekanligini ko‘rsatdi. Tashxis – 1-tipdagi qandli diabet edi.
Nacho «Real»da Mourinyu vaqtida, 21 yoshida debyut qila boshlagan. «O‘shanda orzumga erishdim. Men shuncha yildan beri asosiy jamoaga kirish uchun kurashib keldim va menga imkon bergani uchun Mourinyudan cheksiz minnatdorman».
«Men qandli diabet umrimning so‘ngiga qadar hamroh bo‘lishini bilaman. Balkim… qandaydir davosi ham topilib qolar, to‘g‘rimi? Nima bo‘lganda ham, men ko‘nikdim. Diabet sevimli ishim bilan shug‘ullanishga xalaqit berayotgani yo‘q», — deydi Nacho.
Mavzuga oid
02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi
01:58 / 02.06.2024
«Real» - 15 karra Chempionlar Ligasi g‘olibi
18:50 / 09.05.2024
Dunyoning eng qimmat klublari reytingi e’lon qilindi
02:05 / 22.04.2024