«Real», Zidan va Ronalduda yangi rekordlar
«Real» Chempionlar ligasida 13-marta g‘olib chiqdi. Bu rekord uzoq yillar davomida saqlanib qolishi tayin. Eng yaqin ta'qibchi juda ortda qolgan – «Milan» (7 sovrin). Qolaversa, bu jamoa anchadan buyon Yevropa maydonlarida ko‘rinish bermay qo‘ygan. «Barselona», «Bavariya» va «Liverpul»da 5tadan g‘oliblik bor.
Zinedin Zidan – qatorasiga 3 mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan ilk murabbiy sifatida tarixga kirdi. Ikki yarim yil ichida u «Real» bilan 9 sovrinni qo‘lga kiritdi: Chempionlar ligasidagi 3 sovrin, Ispaniya chempionatidagi bir g‘oliblik, bir Ispaniya Superkubogi, ikki UYeFA Superkubogi va klublar chempionatidagi ikki g‘alaba.
Frantsuz mutaxassis 8 finaldan 8tasida g‘alaba qozongan. U o‘rtacha har 16 o‘yinida bitta sovrinni qo‘lga kiritgan. «Real»dagi qisqa muddatli faoliyati davomida Zidan YeChLda Aleks Fergyuson, Xosep Gvardiola, Joze Mourino, Visente Del Boske, Yupp Haynkes, Ottmar Hittsfeld va Arrigo Sakkidan ko‘proq g‘alabalarga erishgan.
Ronaldu beshinchi marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Futbol tarixida bunday natijaga hech kim erishmagan. U bir o‘zi «Barselona», «Bavariya» va «Liverpul» kabi jamoalar butun tarixi davomida qo‘lga kiritgan YeChL sovriniga 8 yilda ega chiqdi. Uning eng yaqin ta'qibchilari Klarens Zeyedorf va Andres Inestada unga yetib olish imkoniyati yo‘q, biri futbolchilik faoliyatini yakunlagan, ikkinchisi joriy mavsum yakunida Yevropadan ketdi.
Final o‘yinidan keyin Ronaldu o‘ziga xos tarzda maqtandi: «Chempionlar ligasini qayta nomlash kerak, turnirni CR7 Chempionlar ligasi deb atash to‘g‘riroq bo‘lardi. Men yana beshinchi marta g‘alaba qozondim, turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldim».
Yana ayrim raqamlar:
• Ispan klublari keyingi 5 mavsumda uzluksiz ravishda yevrokuboklarni qo‘lga kiritib kelmoqda. 10 sovrindan 9tasi (5 marta YeChL va 4 marta Yevropa Ligasii) ispanlarniki bo‘ldi. Joriy mavsumda «Atletiko» Yevropa Ligasi finalida g‘olib chiqqandi.
• Keylor Navas –Chempionlar ligasi tarixidagi qatorasiga 3 finalda o‘ynagan ilk darvozabondir.
• Garet Beyl – YeChL finalida zaxiradan maydonga tushib, dubl qayd etgan tarixdagi ilk futbolchi.
Mavzuga oid
11:53
«Real» «Barsa»ga yetib olmoqda, Saloh «Liverpul»ni qutqardi. Kun o‘yinlari
10:01 / 10.11.2024
Vinida yana het-trik, lekin Madridda dahshatli muammolar
00:08 / 07.11.2024
«Real» o‘z yo‘liga tushib olishi uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan 6 masala
13:17 / 06.11.2024