Light | 18:31 / 27.05.2018
18783
2 daqiqa o‘qiladi

So‘nggi yarim asrning eng yaxshi kitoblari ma'lum qilindi

Buker mukofotining maxsus hay'ati 1969 yildan buyon shu mukofotni qo‘lga kiritib kelgan eng yaxshi asarlarni tanlab oldi, so‘nggi ro‘yxatdan besh kitob o‘rin oldi. Toronto Star shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, quyidagi kitoblar so‘nggi 50 yilning eng sara asarlari deya e'lon qilingan: 

  1. "Angliyalik bemor", Maykl Ondatjye;
  2. "Bo‘rilar zali", Xilari Mentel;
  3. "Oy yo‘lbarsi", Penelopa Layvli;
  4. "Bardodagi linkoln", Jorj Sonders;
  5. "Erkin davlatda", Vidiadxar Naypol.
Maykl Ondatjye

G‘olib ochiq ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Natijalar 8 iyunda e'lon qilinadi.

Buker mukofotiga 1986 yilda asos solingan bo‘lsa-da, uni 1969 yildan boshlab topshira boshlashgan. 2014 yilga qadar 50 ming funt sterling miqdoridagi mukofot pulini faqat Buyuk Britaniya, Irlandiya va Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlari fuqarolari olishi mumkin edi. Bugunga kelib esa ingliz tilida yozilgan har qanday mamlakat yozuvchisining asari bu mukofotga da'vogarlik qilishi mumkin. 

Mavzuga oid