Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda avtohalokat oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohat oldi
27 may kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida avtohalokat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi J.J. o‘zining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani “Chiroqchi-Yakkabog‘-Ko‘kdala-Sho‘rbozor” yo‘lining 73-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan R.H. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi R.H. va uning ikki nafar yo‘lovchisi jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar, 1 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, avtohalokatdagi ikkinchi “Neksiya” avtomashinasidan 2 nafar ayol yo‘lovchilari kasalxonaga yotqizilgan, haydovchi va 1 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada YTH yuz bergani, halok bo‘lganlar borligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025