O‘zbekiston | 23:04 / 29.05.2018
53025
2 daqiqa o‘qiladi

YPX xodimlari uchun mo‘ljallangan videoregistratorlarni sinovdan o‘tkazish boshlandi​

Joriy yilning 26 may kunidan boshlab Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan videokameralarni bevosita xizmat jarayonida sinovdan o‘tkazish ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi Kun.uz'ga xabar bermoqda. 

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ma'lum qilinishicha, ​sinov natijalari bo‘yicha ushbu videokameralar Toshkent shahrida va boshqa hududlarda amaliyotga to‘liq joriy etiladi. ​

Foto: Toshkent shahar IIBB

Bundan avval, O‘zbekiston Respublikasi ​Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlari xodimlarini videokameralar bilan ta'minlash bo‘yicha vazifa qo‘yilgandi. Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash yuzasidan Ichki ishlar vazirligida ishchi guruhi tuzilib, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, jahon tajribasini o‘rganish asosida videokameralarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ularning bir nechta turlari o‘rganib chiqildi.

Mavzuga oid