Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Rossiya va Germaniyadan ikki bankirni ekstraditsiya qilishni so‘radi
Qozog‘iston Rossiya va Germaniyaning vakolatli organlaridan respublikaga ikki bankirni ekstraditsiya qilishni so‘radi, ular juda yirik miqdorda firibgarlik qilishda gumonlanmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Davlat xizmati ishlari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha agentligi vakili Nurlan Jaxin xabar berdi.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston bosh prokuraturasi "Bank RBK" AJ boshqaruvi raisi sobiq maslahatchisi, Rossiyada qo‘lga olingan Jo‘mart Yertayevni, shuningdek, "Qazaq banki" AJ sobiq aksiyadori, Germaniyada qo‘lga olingan Baxit Ibrohimni ekstraditsiya qilish haqida so‘ragan. Ularning har ikkisi bir jinoiy ish bo‘yicha gumonlanmoqda.
"Yertayev va Ibrohim tergov organlaridan xorijda yashiringani sababli, sud tomonidan ular xalqaro qidiruvga berildi hamda qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilishi yuzasidan qaror chiqarildi. Bosh prokuratura tomonidan Rossiya va Germaniyaning tegishli organlariga ularni Qozog‘iston Respublikasiga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida murojaatlar yuborildi", - deya xabar bergan Jaxin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ostona va Olmaotada norozilik namoyishlari yuz bergani, o‘nlab kishilar qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025