Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yovvoyilar imperiyasi». Ukraina vaziri Moskvani yoqib yuborishga chaqirdi
Ukraina infratuzilmalar vaziri Vladimir Omelyan «Moskvani yoqib yuborishga» chaqirdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Omelyan feysbukdagi o‘z sahifasida Rossiyani «yovvoyilar imperiyasi» deb atagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yovvoyilarning maqsadi «zabt eta olmaydigan, tushunmaydigan, o‘g‘irlashning imkonini topa olmaydigan barcha narsani» buzib tashlashdir.
Shuningdek, u «g‘arbdagi alohida siyosatchilarni» Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishda davom etayotganlikda ayblagan.
«Kreml va Moskvani o‘zgartirish yoki qayta tarbiyalash mumkin emas - faqat yoqib yuborish kerak», - deya yozgan Omelyan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi deputati Igor Mosiychuk Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tgan Qrim ko‘prigini yo‘q qilish kerakligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025