Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Samarasiz tizimga pul qo‘shib, biz ularni o‘g‘irlashning samarali tizimini olamiz»
Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya hukumati a'zolari, deputatlar, mintaqalar rahbarlari ishtirokida «Yangi iqtisodiy siyosat (YaIS): nima, qanday, kim» mavzusida maxsus nonushta tashkillashtirildi.
Tadbirida qatnashganlar Davlat dumasining byudjyet va soliqlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Andrey Makarovning jiddiy tanqidlarini tinglashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat iqtisodiy o‘sish uchun drayverlarni izlashda noto‘g‘ri yo‘ldan bormoqda.
«Hammasi may oyidagi farmonlarda yozilganidek, iqtisodiy o‘sishni moliyalashtirish uchun pul izlashga kelib taqalmoqda - Hisob palatasi hisob-kitobiga ko‘ra, 8 trillion rubl. Menga may oyi farmonlarini bajarmasligini, sababi bunga pullar yo‘qligini ayta oladigan hech bo‘lmasa bitta odamni ko‘rsatinglar. Lekin pul yo‘q! Ammo biz asosiy narsani qildik: Iqtisodiy rivojlanish vazirligiga Rosstatni berdik. Demak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Lekin mening hozirgi gaplarim 8 yillik qamoqqa tortadi», - deya istehzo bilan Makarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada samarasiz soliq tizimi mavjud, byudjyet munosabatlari tizimi esa yanada samarasiz.
«Davlat boshqaruvining samarasiz tizimini qanday qilib tuzatishni muhokama qilishning o‘rniga, biz qayerdan pul olish haqida gaplashyapmiz. Ammo, samarasiz tizimga pul qo‘shib, biz ularni o‘g‘irlashning samarali tizimiga ega bo‘lamiz», - deya xulosa qilgan Makarov.
Duma qo‘mitasi rahbarining nutqidan keyin, tadbirda qatnashgan iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Makarov «Vladimir Jirinovskiyning o‘rnini egallamoqchi ekani» haqida hazil qilgan.
Mavzuga oid
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi
21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV
10:21 / 22.04.2025