Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Babchenkoga suiqasd tashkilotchisi razvedka bilan bog‘liq ekani rad etildi
Prokuror Ruslan Kravchenkoning ma'lum qilishicha, rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenkoga suiqasd qilishni tashkillashtirishda gumonlanayotgan Boris German Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) agenti emas. Bu haqda «112 Ukraina» xabar berdi.
«Bizda bor bo‘lgan ma'lumot German aksilrazvedka bilan hamkorlik qilgani haqidagi gap-so‘zlarni tasdiqlamaydi, bu yolg‘on narsa», - deya aytib o‘tdi Kravchenko Kiyev shahri Shevchenko tumani sudi majlisidan so‘ng. Aynan ushbu sudda Germanga ehtiyot chorasi tayinlandi.
Prokurorning ta'kidlashicha, u hech qachon UXX yoki aksilrazvedka agenti bo‘lmagan, shuningdek, mahkama faoliyati bilan umuman aloqador emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Babchenko ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bayonot bergandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025