Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyohlar avtobusi endi kechqurun ham harakatlanishi mumkin
Turizm ekskursiyasiga oid to‘siqlar olib tashlanmoqda. 2003 yildan beri amalda bo‘lib kelgan turli to‘siqlar soha rivojini sekinlashtirib qo‘ygandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 29 may kuni qabul qilgan qarorda shunday o‘zgarishlar haqida so‘z boradi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan kiritilgan ushbu o‘zgartishlar sayyohlarni tashishga doir to‘siqlarni bartaraf etuvchi qator chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
Birinchidan, agar turistik avtobuslar tegishli xavfsizlik talablariga javob bersa, kolonna hamrohligidan ozod etiladi. Xavfsizlik talablariga esa avtobusda GPS tizimi, qorong‘uda ko‘zga tashlanuvchi maxsus rangli chiziq bo‘lishi, shuningdek, ikki nafar haydovchi va ularning mobil telefoni faol bo‘lishi kabilar kiritildi.
Avvalroq, ikki va undan ortiq avtobuslarning har birida 30 kishilik yo‘lovchi sig‘imi bilan bir vaqtda harakatlanganda, yo‘l harakatida tizilib hamroh bo‘lib ketishi talab etilgandi.
Ikkinchidan, ichki ishlar organlarining hududiy organlari tomonidan sayyohlar guruhini tashib ketayotgan transport vositasini har safar bir martalik texnik ko‘rikdan o‘tkazish amaliyoti ham bekor qilinadi.
Uchinchidan, normativ hujjatlarga to‘liq javob bermaydigan yo‘llardan yurishda yo‘l harakati xavfsizligi hududiy komissiyasi tomonidan ruxsatnoma olish amaliyoti ham bekor qilinadi. Endilikda respublika bo‘ylab turistik yo‘nalishlarni belgilashda mazkur komissiya bilan kelishish shart emas.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
20:24 / 20.05.2025