AQSh flotida endi «kema qotillari» bor

Foto: AQSh harbiy-dengiz kuchlari
AQSh floti yangi «kemalar qotillari»ni oldi - Yevropada ishlab chiqarilgan, kemalarga qarshi uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalar. Bu haqda Defense News xabar qilmoqda.
Tanlov davomida Norvegiyaning Kongsberg Defence Systems kompaniyasi tomonidan yaratilgan va Kongsberg konsorsiumi hamda Amerikaning Raytheon korporatsiyasi tomonidan taklif etilgan NSM raketasi tanlandi. Amerika kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan qurollar - Lockheed Martin’dan AGM-158C LRASM (Long-Range Anti-Ship Missile, kemalarga qarshi uzoq masofalarga mo‘ljallangan raketa) va Boeing tomonidan ishlab chiqilgan «Garpun» tanlovdan chiqib ketdi.
Shartnomaning dastlabki qiymati 14 mln dollarni tashkil etadi. Kelishuv amalga oshirilishining butun davri davomida bu summa 848 mln dollarga qadar ko‘tarilishi mumkin.
Bmpd blogining yozishicha, NSM raketasi LCS loyihasi jangovar kemalarida qo‘llaniladi, ularni hammasi bo‘lib 32ta yaratish mo‘ljallangan. Ulardan har biri uzoq masofalarga mo‘ljallangan ikkitadan to‘rt konteynerli uchirish qurilmasiga ega bo‘ladi. AQSh harbiy-dengiz kuchlari 2020-2022 yillar davomida hammasi bo‘lib yiliga 12tadan, 2023 yilda esa - birdaniga 20ta kemalarga qarshi yangi raketalar xarid qilish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Rossiya va AQSh suv osti kemalarini taqqoslagandi.
Mavzuga oid

18:40 / 06.04.2025
AQSh ilk bor chet davlatning barcha fuqarolariga berilgan vizalarni bekor qildi

22:38 / 05.04.2025
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi

21:08 / 05.04.2025
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi

13:35 / 05.04.2025