Sport | 11:59 / 04.06.2018
36463
1 daqiqa o‘qiladi

MMA jangchilari hakamga parvo ham qilmay, haqiqiy mushtlashuvni uyushtirishdi

Aralash yo‘nalish (MMA) jangchilari Joao Elias va Valter Martins hakamning burchakka borish haqidagi talabiga quloq solishmadi va oktagonda tartibsiz ravishda mushtlashib ketishdi. 

Parterdagi kurashdan so‘ng hakam jangchilarni ajratib qo‘ydi. Elias va Martins o‘rnidan turganida, ular avval so‘z jangiga kirishishdi, keyin esa mushtlashib ketishdi. Bularning bari hakam talabiga parvo ham qilinmagan tarzda ro‘y bergan. Jangchilarni jamoa a'zolari yordamida ajratib olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ta'kidlanishicha, har ikki atlet ham diskvalifikatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC sobiq chempioni jiddiy muammolar tufayli faoliyatini yakunlagandi.

Mavzuga oid