Jamiyat | 16:28 / 04.06.2018
53893
2 daqiqa o‘qiladi

Anvar qori Tursunov hayot

Foto: O‘MI Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati

Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimida ko‘p yillardan beri faoliyat yuritib kelgan Anvar qori Tursunov betob ekanligi haqida avval xabar berilgan edi. KUN.UZ Anvar qorining ahvoli qanday ekanligi bilan qiziqdi. Bunga ijtimoiy tarmoqlarda u kishi haqidagi turli nojo‘ya gap-so‘zlar tarqalgani ham sabab bo‘ldi. 

Anvar qori Tursunovning o‘rinbosari va «Islom ota» jome masjidi imom xatibi Jasurbek qori Raupovning aytishicha, Anvar qorining ahvoli avvalgiga nisbatan biroz yaxshilangan. U hozirda koma holatida emas va muolajalar hali ham davom etyapti.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati ham Anvar qori Tursunovning ahvoliga doir bayonot berdi. 

“Bugun ijtimoiy tarmoqlarda, norasmiy axborot sahifalarida Anvar qori Tursunovning vafot etganliklari haqida mutlaqo asossiz va yolg‘on xabar tarqatildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi ma'lum qiladiki, ayni damda ustoz Anvar qori Tursunov hayotlar. Ma'lumki, ustozimiz bundan bir necha kun oldin insult kasali bilan shifoxonaga yotqizilgan edilar. Hozirda shifoxonada muolaja olishda davom etmoqdalar. Aziz yurtdoshlarimizga tarqatilayotgan xabarlarga tekshirmasdan ishonib ketavermasliklarini iltimos qilamiz. Ustozimizga bu muborak kunlarda Alloh taolodan mukammal shifo so‘rab qolamiz. Duolaringizdan umidvormiz”, - deyiladi matbuot xizmati bayonotida.

KUN.UZ sayti Anvar qori Tursunovning tezroq sog‘ayib ketishini tilab qoladi. 

Mavzuga oid