Jamiyat | 18:48 / 04.06.2018
14028
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari uchun ajoyib yangilik - farz bo‘lgan va boshqa to‘lovlar imkoniyati CLICK orqali!

CLICK kompaniyasi “Vaqf” xayriya ijtimoiy fondi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda musulmonlar uchun farz bo‘lgan va boshqa to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish imkoni ishga tushirilganini mamnuniyat bilan xabar qiladi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlik qisqa vaqt ichida islom dinida musulmonlar uchun farz bo‘lgan va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish kabi imkoniyatni mamlakatimizda joriy qilishga yo‘l ochib berdi. Ushbu to‘lovlar tizim foydalanuvchilari tomonidan istalgan paytda va istalgan joydan turib amalga oshirilishi mumkin.

“Vaqf” xayriya fondining taklifiga binoan, ularning xos xususiyatlari va maqsadlariga qarab ushbu to‘lovlar tizimda 3 kategoriyaga ajratilgan:

•  Xayriya
•  Vaqf
•  Zakot, Fitr, Ushr, Fidya

Ushbu kategoriyalar bo‘yicha qabul qilingan pul mablag‘lar 16.04.2018da Prezident tomonidan imzolangan “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda belgilangan maqsadlarga qaratilishi uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondining maxsus hisob-raqamlariga joylashtiriladi.

To‘lovlar istalgan paytda mobil telefondan turli interfeyslar orqali amalga oshirilishi mumkin: USSD, “CLICK Uzbekistan” mobil ilovasi yoki Telegram mesenjyeri orqali.

1.  USSD orqali to‘lash uchun *880*1100# so‘rovi terilishi va yuzaga kelgan menyuda kerakli kategoriya tanlanishi lozim. Shu bilan birga to‘lov bosh USSD-menyudagi (*880#) “To’lov” bo‘limida “Xayriya” punkti orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

2.  “CLICK Uzbekistan” mobil ilovasi orqali to‘lash uchun “Oplata na mestax” (“Joylarda to‘lovlar”) bo‘limida “Xayriya” punktini tanlash kerak.

3.  @clickuz Telegram-botida ushbu to‘lovlar “To‘lovlar” bo‘limidagi “Xayriya” punktida joriy qilingan.

“Ushbu imkoniyatning joriy qilinishi bu juda ajoyib bir yangilik – Ramazon oyining muqaddas kunlarida ishga tushirilishi mamlakatimiz musulmon ahli uchun yanada quvonchli bo‘ladi, degan umiddamiz”, - deb ta'kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Mavzuga oid