Jahon | 20:01 / 05.06.2018
21760
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada karikaturachi Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun hibsga olindi

Foto: hurriyetdailynews.com/ Globallookpress

Turkiyalik mashhur karikaturachi, 69 yoshli Nuri Kurtjyebe mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun hibsga olindi. Bu sud uning hukmga apellyatsiyasini rad etgach yuz berdi, deb xabar qilmoqda Hurriyet gazetasi rassomning advokati Ahmad Ermem Akyuzga asosan.

Avvalroq, Kurtjyebe bir yil, ikki oy va 15 kunlik qamoqqa hukm qilingandi. Bunga 2015 yilda Aydınlık gazetasida e'lon qilingan Erdo‘g‘anga karikatura sabab bo‘lgan.

Kurtjyebe Turkiya shimoli-g‘arbidagi Yalova viloyatida qo‘lga olindi hamda rasmiy jarayonlardan so‘ng qamoqqa olib ketildi.

Turkiyada prezidentni haqorat qilganlar jarimaga yoki bir yildan to‘rt yilgacha bo‘lgan qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid