O‘zbekiston | 14:20 / 05.06.2018
12564
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aeroporti MDH davlatlaridagi «Eng yaxshi aeroport» deb topildi

Foto: MAK axborot xizmati

«Urganch» xalqaro aeroporti 2017 yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha «Aeroport rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun» nominatsiyasida g‘alaba qozonib, yana bir bor «MDH davlatlarida eng yaxshi aeroport» tanlovining laureatiga aylandi.

«Aeroport» FA Assotsiatsiyasi tomonidan har yili tashkil etiladigan mazkur tanlovda Urganch shahri aeroporti 2012 yildan buyon ishtirok etib, ushbu yillar davomida: 2012-2014 yillarda – «Ishlab chiqarish rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun», 2015 yilda - «MDH davlatlarida eng yaxshi aeroport», 2016 yilda – «Shiddat bilan rivojlanayotgan aeroport» va «Turizm rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun» kabi turli nominatsiyalarda g‘olib bo‘lib keladi.

Ushbu mukofot - «Aeroport» FA Assotsiatsiyasining Kubogi va Faxriy yorlig‘i – aeroport uzluksiz faoliyatini hamda 2017 yildagi barcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta'minlashda butun jamoaning hamkorlikdagi sa'y-harakatlari natijasidir.

2017 yildagi faoliyat natijalariga ko‘ra, «Urganch» xalqaro aeroportida 1 567 qatnov va 282 136 yo‘lovchiga, shu jumladan 43 848 nafar xorijiy sayyohga xizmat ko‘rsatildi, 16 649 tonna yuk, 11,141 tonna pochta va 14,305 tonna pullik bagaj jo‘natilgan.

Mavzuga oid