Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi maktabgacha ta'lim va xalq ta'limi bo‘limlariga “Damas” avtomashinalari topshirildi
Joriy yilning 7 iyun kuni Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi va viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tizimidagi barcha shahar va tuman xalq ta'limi bo‘limlaridagi yangidan tashkil qilingan "Maxsus ta'mirlash-ekspluatatsiya xizmati” bo‘limlariga 42 dona “Damas” xizmat avtomashinalari tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda viloyat Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi “Ta'lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida 1111 ta umumta'lim maktabi, 400 ga yaqin maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Yangidan tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-ekspluatatsiya bo‘limlari ta'lim muassasalarining bino va inshootlarini tegishli tartibda ekspluatatsiya qilish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, ularni hisobga olish asbob-uskunalari holatini monitoring qilish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Ta'lim muassasalarida yuzaga keladigan avariya holatlari to‘g‘risidagi xabar va shoshilinch ma'lumotlarni telefon orqali qabul qilib, zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘radi. Ta'lim muassasalarini har yili yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga belgilangan muddatlarda sifatli tayyorlaydi.
Tantanali tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ruziyev so‘zga chiqdi.
Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
17:41 / 15.05.2025
Ta’lim sohasi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan majlislarga chaqirish taqiqlandi
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
21:51 / 13.03.2025
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat
17:18 / 08.02.2025