Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lebron Jyeyms afsonaviy Maykl Jordanning rekordini yangiladi
«Klivlend Kavalers» forvardi Lebron Jyeyms Milliy basketbol assotsiatsiyasi pley-offida 30 va undan ko‘p ochkoga ega holda o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha Maykl Jordan rekordini yangiladi.
«Kavalers» yetakchisi «Golden Steyt Uorriorz»ga qarshi final seriyasining uchinchi uchrashuvida 33 ochko to‘pladi. Jyeymsning hisobida hammasi bo‘lib 110ta o‘yin bor, ularda u 30dan ortiq ball jamg‘argan.
«Uorriorz» va «Klivlend» o‘rtasidagi bellashuv Oklend jamoasining 110:102 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. «Golden Steyt» seriyada raqibidan to‘rt g‘alabaga ilgarilab ketdi - 3:0. Keyingi o‘yin Klivlendda 8 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
07:17 / 21.07.2021
“Miluoki” 50 yil ichida birinchi marta MBA chempioniga aylandi
22:27 / 29.01.2021
MBAning eng ko‘p pul topadigan basketbolchilari reytingi e'lon qilindi
09:12 / 11.12.2020
Time Lebron Jyeymsni “Yil sportchisi” deb e'lon qildi
07:59 / 12.10.2020