Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Sport tovarlari” chorrahasi avtomobillar uchun ochildi
Toshkent shahrining Qatortol va Muqimiy ko‘chalari chorrahasi, xalq orasida “Sport tovarlari” nomi bilan mashhur chorraha qayta ochildi. Ma'lumki, Nurafshon ko‘chasi Muqimiy ko‘chasi bilan tutashtirilganidan keyin mazkur chorraha yopilgan va uzluksiz aylanma harakat yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu esa, avtomobillar va fuqarolar harakatlanishida noqulayliklarga sabab bo‘ldi.
2018 yil 7 iyun sanasidan e'tiboran ushbu chorraha qayta ochilib, avtomobillar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu chorraha ochilishi haqida avval ham xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda Toshkent shahrida avvallari yopilgan bir necha ko‘chalar avtomobillar qatnovi uchun ochilgan edi. Xususan, yaqinda Matbuotchilar va Istiqlol ko‘chalarida avtomobilda harakatlanish tiklangandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025