Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat «Sharq» nashriyotidagi ulushini 11 mln dollarga sotuvga qo‘ydi
«Sharq» aksiyalarining 24,6 foizi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bundan Davlat raqobat qo‘mitasi ma’lumotlari darak beryapti.
Aksiyalar to‘plami 11,2 million dollarga baholanmoqda.
«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekistonning eng qadimiy poligrafiya kompaniyasidir. Uning tarixi 1921 yil mart oyida tashkil etilgan bosmaxona va 1924 yilda tashkil topgan «Sredazkniga» nashriyot uyidan boshlanadi.
1991 yilda gazeta-jurnal nashriyoti va uning bosmaxonalari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devoni ishlar boshqarmasi huzuridagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserniga aylantirildi.
Bugungi kunda kompaniya mamlakat va Markaziy Osiyodagi eng yirik gazeta-jurnal majmuidir.
Kompaniyaning asosiy aksiyadori Davlat aktivlarini boshqarish markazi bo‘lib, u kompaniya aksiyalari 95 foiziga egalik qiladi.
Mavzuga oid
22:51 / 24.05.2025
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?
16:52 / 07.05.2025
Noshaffof xususiylashtirishlar. Bu yana davom etadimi?
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
20:36 / 28.04.2025