Jahon | 08:47 / 11.06.2018
10753
1 daqiqa o‘qiladi

MRBning sobiq rahbari Trampni “vaqtinchalik anglashilmovchilik” deb atadi 

Foto: AP

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari Jon Brennan tvitterda AQSh prezidenti Donald Trampni “vaqtinchalik anglashilmovchilik” deb yozdi.

“Sizning qiliqlaringiz va yomon o‘ylangan protektsionistik siyosatingiz bizning xalqaro mavqeimiz va milliy manfaatlarimizga zarar yetkazmoqda. Sizning dunyoqarashingiz amerikacha g‘oyalarni aks ettirmaydi. Do‘stlar va ittifoqdoshlarga so‘zim: xavotirlanmang, janob Tramp “vaqtinchalik anglashilmovchilik”dir. Siz bilgan Amerika yaqinda qaytadi”, deb yozgan Brennan.

Barak Obama vaqtida MRB rahbari lavozimini egallagan Brennan bu so‘zlarni Tramp Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo nomiga bildirgan tanqiddan keyin aytdi. Tramp AQShning po‘lat va alyuminiy importiga kiritgan bojlarini tanqid qilgan Tryudoni “nohalol” va “zaif” deb atagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid