Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13 iyun kuni O‘zbekiston va Belarus ishbilarmon doiralari uchrashadi
Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Belarusga tashrifi doirasida 13 iyun kuni ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlash istiqbollariga bag‘ishlangan muhokamalar doirasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya qo‘mitasining Tashqi aloqalar, OAV, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘iboti bo‘limi shu haqida ma'lum qildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat investitsiyalar qo‘mitasidan Shamil Burnashev ishtirok etadi.
Yig‘ilishda shuningdek O‘zbekiston va Belarus ishbilarmonlar doiralar vakillari qatnashishadi. O‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan yo‘l xaritasi doirasida 2018 yil uchun savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokamasi rejalashtirilgan.
Ta'kidlash joizki, ikki tomonlama hamkorlikka doir mazkur yo‘l xaritasi Minskda V Hukumatlararo komissiya qo‘shma yig‘ilishida imzolangan. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida mashinasozlik, agrosanoat komplekslari, qurilish sanoit, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va boshqa sohalar belgilangan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025