Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Fyuri Uaylder va Joshuani daydi deb atadi
Britano-irlandiyalik bokschi, professional ringda biron marotaba ham mag‘lubiyatga uchramagan Tayson Fyuri og‘ir vazn toifasidagi amaldagi chempionlar Deontey Uaylder va Entoni Joshuani tanqid qildi.
«Menga keyingi raqib kim bo‘lishi muhim emas - ularning hammasi bir xil. Hammasi daydi - Uaylder, Joshua, Parker. Ular xuddi Manuel Seferdek. Yoki uning ismi boshqacha edimi? (Sefer Seferi - tah.)», - deya aytib o‘tgan bokschi.
Fyurining ishonch bildirishicha, yil oxiriga borib jahon chempioniga aylanadi. Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, kechaning asosiy jangida ringga qaytishda biroz hayajon bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gennadiy Golovkin IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvonidan mahrum qilingandi.
Mavzuga oid
20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi
21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi
22:36 / 28.12.2024
Boks. To‘lqin Qilichev – Osiyoda yil murabbiyi deb e’lon qilindi, yana ikki o‘zbekistonlik ayol bokschi tengsiz bo‘ldi
17:39 / 09.12.2024